Backend va API ishlab chiqish
Ilovangizning ko‘rinmaydigan, lekin eng muhim qismini quraman: ma’lumotlar bazasi, REST API, autentifikatsiya, real vaqt rejimidagi aloqa va boshqa tizimlar bilan integratsiya. CRM va ichki tizimlar orqali biznes jarayonlarini ham avtomatlashtiraman.
Nimalar kiradi
- REST API loyihalash va ishlab chiqish (Django REST Framework)
- JWT autentifikatsiya va foydalanuvchi rollari
- Real vaqt: chat va xabarnomalar, WebSocket (Django Channels)
- PostgreSQL ma’lumotlar modeli va so‘rovlarni optimallashtirish
- CRM, ombor va ichki tizimlar, jarayonlarni avtomatlashtirish
- Docker, Nginx va Gunicorn bilan serverga joylash
Kimlar uchun
- Mobil ilova yoki frontend uchun backend kerak bo‘lgan jamoalar
- Qo‘lda bajariladigan ishlarni avtomatlashtirmoqchi bo‘lgan bizneslar
- SaaS loyihalar va startaplar
- Mavjud tizimni kengaytirish yoki tezlashtirish kerak bo‘lganlar
Ish qanday boradi
- 1
Muhokama
Vazifa, maqsad va mijozlaringizni tushunib olaman.
- 2
Reja va narx
Imkoniyatlar ro‘yxati, bosqichlar, muddat va narxni kelishamiz.
- 3
Ishlab chiqish
Bosqichma-bosqich quraman va natijani ko‘rsatib boraman.
- 4
Sinov va ishga tushirish
Tekshiraman, serverga joylayman va hammasini sozlayman.
- 5
Qo‘llab-quvvatlash
Ishga tushirgandan keyin tuzatish va yangi imkoniyatlarni kelishib olamiz.
Narx qanday belgilanadi
Narx loyiha hajmi va imkoniyatlarga qarab belgilanadi. Vazifani qisqacha yozing — reja va aniq narxni aytaman.
Telegramda yozishKo‘p beriladigan savollar
Faqat backend qilasizmi yoki frontend ham?
Asosiy yo‘nalishim — backend, lekin React’da frontend va Flutter’da mobil ilova ham qilaman, ya’ni loyihani boshidan oxirigacha olib borish mumkin.
Mavjud loyihamni davom ettira olasizmi?
Ha. Avval kodni ko‘rib chiqaman, keyin nimani qanday yaxshilash mumkinligini aytaman.
API hujjatlari bo‘ladimi?
Ha, frontend va mobil dasturchilar uchun endpoint’lar hujjatlashtiriladi.
Backend ishlab chiqish narxi qancha?
Narx vazifa hajmiga bog‘liq. Vazifani yozing — reja va narxni aytaman.
Loyihangizni birgalikda yaratamiz.
Yangi loyiha, hamkorlik yoki texnologik g‘oya bormi? Men bilan bog‘laning.