Asosiy kontentga o‘tish

Mobil ilova yaratish

Flutter yordamida bitta kod bazasidan Android va iOS uchun mobil ilova yarataman. Ilova uchun backend, API va admin panelni ham o‘zim quraman — ilova va server bir-biriga to‘liq mos ishlaydi.

Nimalar kiradi

  • Android va iOS uchun bitta Flutter ilova
  • Ilova uchun backend va REST API
  • Ro‘yxatdan o‘tish, kirish va foydalanuvchi profillari
  • Real vaqt funksiyalari: chat va xabarnomalar (WebSocket)
  • Kontent va foydalanuvchilarni boshqarish uchun admin panel
  • Google Play va App Store’ga joylashda yordam

Kimlar uchun

  • Mijozlari ko‘proq telefondan foydalanadigan bizneslar
  • O‘quv markazlari va ta’lim loyihalari
  • Yetkazib berish, buyurtma va bron qilish xizmatlari
  • G‘oyani MVP bilan sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan startaplar

Ish qanday boradi

  1. 1

    Muhokama

    Vazifa, maqsad va mijozlaringizni tushunib olaman.

  2. 2

    Reja va narx

    Imkoniyatlar ro‘yxati, bosqichlar, muddat va narxni kelishamiz.

  3. 3

    Ishlab chiqish

    Bosqichma-bosqich quraman va natijani ko‘rsatib boraman.

  4. 4

    Sinov va ishga tushirish

    Tekshiraman, serverga joylayman va hammasini sozlayman.

  5. 5

    Qo‘llab-quvvatlash

    Ishga tushirgandan keyin tuzatish va yangi imkoniyatlarni kelishib olamiz.

Narx qanday belgilanadi

Narx loyiha hajmi va imkoniyatlarga qarab belgilanadi. Vazifani qisqacha yozing — reja va aniq narxni aytaman.

Telegramda yozish

Ko‘p beriladigan savollar

Mobil ilova yaratish narxi qancha?

Narx ekranlar soni, funksiyalar va backend hajmiga bog‘liq. Vazifani yozing — reja va narxni aytaman.

Nega Flutter?

Flutter’da bitta kod bazasi ham Android, ham iOS’da ishlaydi. Bu ishlab chiqish va keyingi o‘zgarishlarni soddalashtiradi.

Ilova uchun server ham kerakmi?

Ko‘pincha ha: foydalanuvchilar, buyurtmalar va boshqa ma’lumotlar serverda saqlanadi. Backend’ni ham men quraman.

Ilovani do‘konlarga joylashda yordam berasizmi?

Ha, Google Play va App Store’ga chiqarish jarayonida yordam beraman.

Loyihangizni birgalikda yaratamiz.

Yangi loyiha, hamkorlik yoki texnologik g‘oya bormi? Men bilan bog‘laning.