Veb-sayt yaratish
Biznesingiz, xizmatingiz yoki shaxsiy brendingiz uchun tez yuklanadigan, telefonda qulay va qidiruv tizimlariga tayyor sayt yarataman. Oddiy landing sahifadan tortib admin panelli veb-ilovagacha — O‘zbekiston bo‘ylab masofaviy ishlayman.
Nimalar kiradi
- Dizayn va moslashuvchan vyorstka — telefon, planshet va kompyuter uchun
- Admin panel: matn, rasm va ma’lumotlarni o‘zingiz o‘zgartirasiz
- Aloqa formasi va arizalarni Telegram’ga yuborish
- SEO asoslari: sarlavhalar, meta-teglar, sitemap, tez yuklanish
- Domen va hostingga joylash, SSL sertifikat
- O‘zbek, rus va ingliz tillarida ko‘p tilli sayt
Kimlar uchun
- Kichik va o‘rta biznes, do‘konlar va xizmat ko‘rsatuvchilar
- O‘quv markazlari va kurslar
- Shaxsiy brend, portfolio va mutaxassislar
- Startaplar uchun MVP va landing sahifalar
Ish qanday boradi
- 1
Muhokama
Vazifa, maqsad va mijozlaringizni tushunib olaman.
- 2
Reja va narx
Imkoniyatlar ro‘yxati, bosqichlar, muddat va narxni kelishamiz.
- 3
Ishlab chiqish
Bosqichma-bosqich quraman va natijani ko‘rsatib boraman.
- 4
Sinov va ishga tushirish
Tekshiraman, serverga joylayman va hammasini sozlayman.
- 5
Qo‘llab-quvvatlash
Ishga tushirgandan keyin tuzatish va yangi imkoniyatlarni kelishib olamiz.
Narx qanday belgilanadi
Narx loyiha hajmi va imkoniyatlarga qarab belgilanadi. Vazifani qisqacha yozing — reja va aniq narxni aytaman.
Telegramda yozishKo‘p beriladigan savollar
Sayt yaratish narxi qancha?
Narx loyiha hajmiga bog‘liq: sahifalar soni, admin panel, tillar va integratsiyalar. Vazifani yozing — reja va narxni aytaman.
Sayt qancha vaqtda tayyor bo‘ladi?
Muddat ham hajmga bog‘liq. Ish boshlanishidan oldin bosqichlar va muddatni birga kelishib olamiz.
Domen va hosting kerakmi?
Ha, sayt internetda ishlashi uchun domen (masalan, kompaniya.uz) va hosting kerak. Ularni tanlash va sozlashda yordam beraman.
Saytni keyin o‘zim o‘zgartira olamanmi?
Ha. Kerak bo‘lsa admin panel qilaman — matn, rasm, narx va boshqa ma’lumotlarni dasturchisiz yangilaysiz.
Siz bilan qanday ishlash mumkin?
Masofaviy: O‘zbekistonning istalgan shahridan Telegram yoki email orqali bog‘lanasiz, natijani har bir bosqichda ko‘rib borasiz.
Loyihangizni birgalikda yaratamiz.
Yangi loyiha, hamkorlik yoki texnologik g‘oya bormi? Men bilan bog‘laning.